9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8, 9-may kunlari Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

  • 762-sonli Toshkent — Qarshi yo‘nalishi: Toshkent 6:59 — Qarshi 10:33.
  • 761-sonli Qarshi — Toshkent yo‘nalishi: Qarshi 16:51 — Toshkent 20:20.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Chiptalarni nafaqat temiryo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish imkoni mavjud.